Aholi murojaatidan keyin Xo‘jayli tumanidagi mahallalar tezkor internetga ulandi
Bugun hayotimizni internet tarmog‘isiz tasavvur qilish qiyin. Kundalik ish faoliyatimiz, voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish va boshqa ko‘plab masalalarda global tarmoqqa murojaat qilamiz. Bunda internetga ulanish birinchi masala bo‘lsa, uning tezligi yanada muhim ahamiyatga ega.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga internet tezligi bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, deyiladi inspeksiya ma’lumotida. Aholining haqli talabini qondirish maqsadida tezkor choralar ko‘rilib, murojaatlar ijrosi nazoratga olinmoqda.
Ma’lumotda aytilishicha, joriy yilning yanvar, fevral oylarida inspeksiyaning 1144 raqamli ishonch telefoniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi «Janqongirat» va «Abad» mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar sifatli internetdan foydalanish maqsadida ushbu mahallalarga optik tolali aloqa kabeli yotqizishni so‘rab murojaat yo‘llashgan.
«O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan qisqa muddatda ushbu mahallalalarga optik tolali aloqa kabeli tortildi. MSAN qurilmasi o‘rnatilgach, hudud aholisiga yuqori tezlikdagi sifatli internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoni yuzaga keldi va murojaatlar ijobiy hal etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter