9 oyda 2,6 mln dona telefon import qilindi
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar sentyabr oylarida xorijdan qiymati 178,2 million dollarga teng bo‘lgan qariyb 2,6 million dona barcha turdagi mobil telefonlardan import qilgan.
Statistika agentligining xabar berishicha, 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda mobil telefonlar importi 398 361 donaga oshgan. O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingandi.
Mobil qurilmalar respublikaga asosan 5 ta davlatdan olib kelingan:
Xitoy – 2,3 mln dona;
Vetnam – 223,1 ming dona;
Hindiston – 32,5 ming dona;
BAA – 7,7 ming dona;
Qozog‘iston – 2,5 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha jismoniy shaxslar har olti oyda faqat bitta telefonni boj to‘lamay olib kirishi mumkin edi. 2024 yilning 28 yanvaridan boshlab har safar chegaradan o‘tganida ikkita telefon olib kirishga ruxsat berildi. Shu bilan birga, endi O‘zbekistonga olib kirilgan har bir yangi telefonlar uchun deklaratsiya to‘ldirish majburiy hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter