Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 soniyada to‘liq quvvat oladigan superbatareya. Litiy-ionli batareyalarning «kuni bitgan» ko‘rinadi

5 soniyada to‘liq quvvat oladigan superbatareya. Litiy-ionli batareyalarning «kuni bitgan» ko‘rinadi

Foto: «NextBigFuture.com»

Chjeszyan universitetining muhandislari va olimlari alyuminiy-grafenli superbatareyani yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, batareya 5 soniya ichida to‘liq quvvatlanishi mumkin, bu esa smartfonning ikki soat ishlashini ta’minlay oladi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

Bu turdagi batareyalar 250 ming marta quvvatlantirilganidan so‘ng o‘zining dastlabki sig‘imini 10 foizga yo‘qotadi. U -40 darajadan 120 daraja Selsiy haroratga bardoshli. Shuningdek, uning yonib ketish xavfi ham litiy-ionli akkumulyator batareyalariga qaraganda ancha kam.

Bu kabi texnik xususiyatga erishish uchun grafenning yupqa qavatidan elektrod sifatida, alyuminiy folgadan esa manfiy elektrod sifatida foydalanildi. Ushbu akkumulyator batareyalarining eng asosiy jihati undan 3H3C texnologiyasi yordamida yaratilgan grafenlangan katod plyonkasidir. Batareya katodining murakkab tuzilmasi unga energiyani 120 mA*soat/gramm darajada saqlash imkonini beradi, bu esa 91,7 foiz energiyani 1,1 soniya ichida o‘ziga oladi degani.

Agarda ushbu yangi texnologiya asosida oddiy smartfonlar uchun batareya ishlab chiqariladigan bo‘lsa, u kuniga 10 marta quvvatlantirganida ham, bu turdagi batareyalar kamida 70 yil xizmat qiladi.

Ammo grafen-alyuminiyli batareyalar odamlarning kundalik hayotiga kirib kelguniga qadar olimlar ancha-muncha ter to‘kishlari lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring