28 ming yil ishlashga yaraydigan batareya yaratildi
Olimlar tomonidan 28 ming yilgacha ishlab beradigan olmos batareya yaratildi. Bu haqda «Popular Mechanics» yozmoqda.
Ushbu batareya, masalan, odamga o‘rnatilgan kardiostimulyatorni bir umr quvvatlashga yaraydi.
Yangi ishlanmani San-Fransiskodagi «Nano Diamond Battery» (NDB) startapi taqdim etdi. Batareyani ishlab chiqishda panelli nanoolmoslar qo‘llanilgan. Bu mitti olmoslar kimyoviy yo‘l bilan hosil qilinadi. Ya’ni bu jarayonda o‘ta yuqori haroratda gazlar uglerodni material yuzasida kristallashishga majbur etadi. Olingan nanoolmoslar yadroviy chiqindilarning radioaktiv izotoplari bilan biriktiriladi.
Yangi xil batareyalardan, yillab quvvatlovsiz ishlashi uchun, hatto kosmik apparatlarda foydalanish mumkin, deyishmoqda. «Nano Diamond Battery» olmos batereyali qurilmalarini 2022-yildan sotishni boshlamoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter