«20th Annual RDMS CMS Collaboration Conference» халқаро конференцияси ўз ишини бошлади
2018 yil 12 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi konferens-zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti, Samarqand Davlat universiteti, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya. Dubna sh.) va Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (Shveysariya, Jeneva sh.) hamkorlikda «20th Annual RDMS CMS Collaboration Conference» mavzusida xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Tadbir Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi muammolar ko‘rib chiqiladi:
- Katta adron kollayderida o‘tkazilayotgan fizikaviy tadqiqotlar natijalari va ularning istiqboli;
- Takomillashtirilgan Katta adron kollayderida fizikaviy tadqiqotlar istiqbollari;
- Uzoq kelajakka mo‘ljallangan CMS qayd qilish detektori modernizatsiyasining II fazasi.
Konferensiya ishida 9 mamlakatdan 60 dan ortiq olimlar ishtirok etadi. Mexmonlar AQSh, Fransiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Xindiston (17 kishi), Hamdo‘stlik mamlakatlari: Rossiya, Ukraina, Belorusiya (45 kishi) mamlakatlaridan taklif etilgan.
Konferensiyada respublikamizning Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxaro, Jizzax shaharlari ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlaridan 30 dan ortiq olimlar ishtirok etadilar.
Konferensiyaning plenar majlislari 12-13 sentyabr kunlari “O‘zbekiston” mehmonxonasi konferens-zalida bo‘lib o‘tadi. 14 sentyabr kuni konferensiya ishtirokchilari Samarqnd shahriga yo‘l oladilar va Samarqand davlat universitetida ma’ruza o‘qiydilar hamda talaba va o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazadilar. 15 sentyabrda Yadro fizikasi institutida konferensiya ishtirokchilari plenar kengashini o‘tkazadilar va kelajakda rejalashtirilgan eksperimentlarni muhokama etadilar. Konferensiya plenar majlislarida yetakchi olimlarning 50 dan ortiq ma’ruzalari qatnashadi.
Ma’lumot uchun, Katta adron kollayderi – dunyodagi eng katta tezlatgichlar kompleksidir. U Fransiya va Shvetsariya chegara hududlarida Jeneva ko‘li vohasida, yuz metr yer ostida joylashgan. Kompakt myuon solinoidli (CMS) detektori kollayderdagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan beshta qayd etuvchi detektorlardan biri bo‘lib, standart modelini o‘rganishdan boshlab (jumladan Xiggs bozonini o‘z ichiga oluvchi) qora materiyani tashkil etishi mumkin bo‘lgan zarrachalarni izlashgacha bo‘lgan keng tadqiqotlar dasturini o‘z ichiga olgan. Olib borilayotgan tadqiqotlar materiya mikrostrukturasini batafsil tushunish va Katta portlashdan so‘ng koinot shakllanishining boshlang‘ich bosqichlarini o‘rganish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter