2021-yilda Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishga tushiriladi
«O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (808-son, 23.12.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2021-2025-yillarda O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazalarini takomillashtirish;
- ma’lumotlarning ochiqligini metodik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
- ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash;
- ma’lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash.
2021-yildan ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internetda ochiq ma’lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini yaratish maqsadida muntazam ravishda «Open Data Day» va «Open Data Week» o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2021-yil 1-avgustgacha Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter