Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda rus tilida o‘qitish sifatini oshiruvchi loyiha start oldi: Alisher Usmonovning murojaati

Yurtimizda rus tilida o‘qitish sifatini oshiruvchi loyiha start oldi: Alisher Usmonovning murojaati

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi hamda Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida rus tili va umumiy fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r!» («Klass») loyihasini boshlamoqda.

11-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi rasmiy delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Toshkentda qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ta’kidlanishicha, rossiyalik malakali mutaxassislar o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tili o‘qituvchilarining malaka oshirishlariga yordam berishadi.

Loyihaning ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

2021-yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis respublikaga mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi.

Memorandumni imzolash chog‘ida Rossiyaning San’at, fan va sport jamg‘armasi asoschisi Alisher Usmonov marosim ishtirokchilariga video murojaat yo‘lladi:

«Rossiya va O‘zbekiston bir-biri bilan umumiy tarix va madaniy meros bilan chambarchas bog‘liqdir. Men o‘zim rus tilidagi maktabni tugatganman, shuning uchun vatanimda rus tilini o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligining bunday uzoq muddatli va strategik tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimdan juda mamnunman. Ishonchim komilki, bu nafaqat ta’limni qo‘llab-quvvatlash, balki umumiy an’ana va iste’dodlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu tashabbus muvaffaqiyatli bo‘ladi va butun O‘zbekiston aholisi tomonidan yaxshi qabul qilinadi, shuning uchun men unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring