Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tashkilotning faol a’zolari oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirishda qo‘shimcha ball oladi

Yangi tashkilotning faol a’zolari oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirishda qo‘shimcha ball oladi

Foto: «O‘zA»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston Respublikasining bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotini tuzish konsepsiyasi» loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasi bilan, respublikaning barcha hududlarida ixtiyoriylik va tenghuquqlilik tamoyillarga asoslangan ko‘ngilli nodavlat va notijorat jamoat bolalar va o‘smirlar tashkiloti tuzilishi belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, tashkilotning amaliy faoliyatini olib borish uchun alohida tuzilmani tashkil etish ko‘zda tutilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • umumta’lim maktablarida (20 – 25 kishi) tuziladigan otryadlar (boshlang‘ich tashkilotlar);
  • tuman/shahar shtablari;
  • mintaqaviy shtablar;
  • tashkilotning bosh shtabi.

Otryadlarga ixtiyoriy ravishda 10-11 sinf o‘quvchi-yigitlari a’zo bo‘lishi mumkin. Tashkilot vatanparvarlik, ekologik va ko‘ngillilar yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, umumta’lim maktablarini ijobiy baholar bilan tamomlagan va faol faoliyat yuritayotgan tashkilot a’zolariga tashkilotning tuman/shahar shtablari rahbarlari tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi. Ushbu tavsiyanoma egalari respublika oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari natijalariga muvofiq to‘plagan ballarining 5 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring