Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi o‘quv yili onlayn shaklda boshlanadi

Yangi o‘quv yili onlayn shaklda boshlanadi

25-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda bir qator muhim savollarga javob berildi. 

Oliy ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili qanday boshlanadi? Masofaviy ta’lim davom etaveradimi?

An’anaviy ta’lim shaklida o‘quv yilini boshlash rejalashtirilgan edi. Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2 kurs o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini joriy yilning sentyabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kiritilayapti?

Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kirish imtihonlarini birxillashtirish maqsadida test bilan birga bo‘ladigan ijodiy imtihonlar o‘rniga oldingi yillarda shu ta’lim yo‘nalishidagi test fanlaridan biri qo‘yilishi rejalashtirilgan. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa amaldagi tartibda o‘tkaziladi.

Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring