Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi institut ochiladi: talabalarning umumiy ta’minoti Davlat budjetidan bo‘ladi

Yangi institut ochiladi: talabalarning umumiy ta’minoti Davlat budjetidan bo‘ladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini ikki yillik professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun uch yillik «spetsialitet» dasturi asosida kadrlar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilingan.

Ta’kidlanishicha, bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, magistratura darajasiga tenglashtirilgan, belgilangan namunadagi diplom beriladi;

Shuningdek, bitiruvchilarga tanlangan sport turi bo‘yicha «trener», «hakam», «seleksioner», «sport menejeri» hamda «sport marketologi» mutaxassisliklarini berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi.

Shu bilan birga, Institut talabalarining umumiy ta’minoti (ovqatlanish, tibbiy biologik ta’minoti, sport musobaqalaridagi ishtiroki va boshqalar) to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.

Institutni 2026 yildan boshlab «Olimpiya va paralimpiya shaharchasi»ga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring