Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 9 ta OTM ga qo‘shma ta’lim bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar berildi

Yana 9 ta OTM ga qo‘shma ta’lim bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar berildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 17-sentyabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy ta’lim muassasasiga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bular:

  1. Toshkent davlat texnika universiteti — 75 ta (bakalavriat);
  2. Toshkent davlat stomatologiya instituti — 60 ta (bakalavriat);
  3. Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 20 ta (magistratura);
  4. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 10 ta (magistratura);
  5. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti — 25 ta (bakalavriat);
  6. Milliy rassomlik va dizayn instituti — 20 ta (bakalavriat);
  7. Namangan muhandislik-texnologiya instituti — 60 ta (bakalavriat);
  8. Namangan muhandislik-qurilish instituti — 60 ta (bakalavriat);
  9. Andijon mashinasozlik instituti — 90 ta (bakalavriat — 80 ta, magistratura — 10 ta).

To‘lov-kontrakt asosida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yil 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2018-yil 28-30-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida 2018-yilning 2-oktyabridan boshlanadi.

Kirish imtihonlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kirish sinovlari natijasi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018-yil 31-oktyabr etib belgilandi.

Qo‘shma dastur doirasida ta’lim oladigan talabalar o‘qishi mazkur va respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘qishga ko‘chirilmaydi va tiklanmaydi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring