Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bo‘yicha muhim bayonot berdi

XTV «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bo‘yicha muhim bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

Shu yilning 25 may kuni barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tavsiyalar ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra tadbirlar maktab hovlisi bog‘ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o‘tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.

Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag‘batlantiriladi.

Shuningdek «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlari qat’iyan ta’qiqlanadi.

— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr etashkil etishni oldini olishga alohida e’tibor qaratish so‘raladi, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring