Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro olimpiadada 7 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi medalga ega chiqdi

Xalqaro olimpiadada 7 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi medalga ega chiqdi

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar  o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 7 nafari medallarni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 6 may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi Xalqaro olimpiadada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘isizton, Makedoniya, Mongoliya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Xorvatiya kabi dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

Uch bosqichda tashkil qilingan Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra yurtimiz o‘quvchilari tomonidan 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi.

Ushbu g‘olib o‘quvchilar bilan tanishing:

  1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - oltin medal;
  2. Mahmudov Abdulloh - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi - oltin medal;
  3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;
  4. Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi - kumush medal;
  5. Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal;
  6. Hafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi - bronza medal.
  7. Hakimova Shahzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medal;

Eslatib o‘tamiz, 56-Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi. Unda ishtirok etgan 12 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 10 tasi (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medallar bilan taqdirlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring