Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tdi

Xalq ta’limi vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yangi binosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar vaqtinchalik Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markaziga ko‘chdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta’limi vazirligining vaqtinchalik binosi Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. (Mo‘ljal – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Yakkasaroy FXDY).

Ko‘chish munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligining telefon raqamlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazi yozgi ta’til vaqti davomida Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi 9-uyda vaqtinchalik joylashadi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazining iyun oyida rejalashtirilgan darslari Toshkent shahridagi bir necha maktablarda bo‘lib o‘tadi. Ta’til tufayli iyul va avgust oylarida darslar bo‘lmaydi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring