Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda zilzila talablariga javob bermaydigan «dom» qurilishi to‘xtatildi

Olmaliqda zilzila talablariga javob bermaydigan «dom» qurilishi to‘xtatildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahri I.Karimov mahallasida qurilayotgan 9 qavatli turar-joy binosi qurilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi.

Bunga qurilish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar va sifatsiz bajarilgan ishlar sabab bo‘lgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi bergan xulosalarga ko‘ra, ushbu turar-joy binosini qurishda ShNQning «Zilzilaviy hududlarda qurilish» me’yor talablari buzilgan va ob’yektda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

Shuningdek, xavfsizlik lentalari tortilmay opalubka montaj ishlari bajarilgan. Opalubka montaj ishlarida esa loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatilgan.

Bundan tashqari ob’yekt qurilishining  loyiha va qurilish me’yorlari talablariga muvofiq amalga oshirilganligi yuzasidan ijro sxemalar, ishlatilgan qurilish materiallarining sifatini tasdiqlovchi pasport va sertifikatlar, yopiq ishlar dalolatnomalari ShNQ talablarida belgilangan ijro hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan.

Ma’lum qilinishicha, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarliklarni loyiha va qurilish me’yorlari talablari asosida bartaraf etilishi yuzasidan texnik nazoratchi hamda pudratchi mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Pudrat tashkiloti rahbari esa mazkur o‘rganishlar yakuniga ko‘ra MjTKning 99-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring