Xalq banki bolalarga mingdan ortiq kitob sovg‘a qildi
Xalq banki 4-oktyabr kuni Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o‘zlari tanlagan 1000 dan ortiq badiiy kitob va o‘quv qo‘llanmalarni homiylik tarzida olib berdi.
Mazkur loyiha poytaxtimizda o‘tkazilgan «TASHKENT BOOK FEST – 2019» I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida doirasida amalga oshirildi.
– Anchadan beri o‘qimoqchi bo‘lib yurgan kitoblarimning hammasi bu yerda bor ekan. O‘zimni kitoblar mamlakatiga tushib qolganday his qilyapman. Ayniqsa, bu yerdan istalgan kitobimizni olishimiz mumkinligi meni juda ham xursand qildi, – degan Nadejda Shustova.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya davlatlaridan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter