Veterinarlarni tayyorlaydigan yangi OTM filiali ish boshlaydi
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Zooinjeneriya;
- Veterinariya meditsinasi;
- Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.
Filialda o‘quv jarayoni 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Filial Prezidentning 2019-yil 28-martdagi PQ–4254-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter