Veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi
«2019-2022-yillarda davlat veterinariya xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan, 2019-2022-yillarda davlat veterinariya xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda:
- hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish;
- hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
- veterinariya mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar nazarda tutilgan.
Dasturda belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter