Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar va rektorlar QS reyting kompaniyasi asoschisi bilan uchrashdi

Vazirlar va rektorlar QS reyting kompaniyasi asoschisi bilan uchrashdi

2030-yilgacha O‘zbekistonning kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingi ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan.

Bugun, 23-noyabr kuni QS dunyo universitetlarining global reyting baholash bo‘yicha asoschisi va prezidenti Nunsio Kvakvarelli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining ta’lim vazirlari va 200 nafardan ziyod universitet rektorlari ishtirok etgan videokonferensiyada dastlab dunyo oliy ta’lim muassasalarining nufuzli QS reyting tizimi ushbu ro‘yxatga kirish talablari haqida to‘xtab o‘tildi.

Qayd etilishicha, mazkur agentlik 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarining birinchi reytingi 2004-yilda tuzilgan. Shundan buyon QS jahondagi reyting agentliklar orasida yetakchilik qilmoqda, hozirda u ta’lim xizmatlari bozorida rahbar rolini belgilab beradi.

Bu reyting ro‘yxatidan dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari joy olgan bo‘lib, TIQXMMI unga kiritilgan respublikamizda yagona universitet hisoblanadi.

Muloqotlar davomida ilg‘or oliy ta’lim muassasalarining global raqobatbardoshligi xalqaro reytinglarga kirishdagi asosiy to‘siqlar va mintaqadagi universitetlarning rivojlanish istiqbollari masalalari muhokama qilindi. Mazkur reytinga kirish uchun yurtimizdagi OTMda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda yurtimizda OTMlarni xalqaro reytingga kirish strategiyasidagi muhim jihatlari muhokama qilindi, bu boradagi xalqaro reyting agentliklari tajribasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy jurnallarda ishtirokini oshirish va xalqaro ma’lumotlar bazasida ulardan iqtibos keltirishlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish kerakligi, chunki bu reytingni shakllantiruvchi asosiy ilmiy ma’lumotlar ekanligi alohida qayd etildi.

Rahimboy Jumaniyozov,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring