Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100ga yaqin rektor TIQXMMIga tashrif buyurdi

100ga yaqin rektor TIQXMMIga tashrif buyurdi

Tajriba almashish, ijobiy yutuq va natijalarni o‘zlashtirish, amalda qo‘llashning hikmati ko‘p. Zamon talabiga muvofiq yuqori texnologiyalar asosida ta’lim tizimini yo‘lga qo‘ygan, dunyo universitetlari ichida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan oliy  ta’lim muassasalarini ko‘rish, tajribalarini o‘rtoqlashish, o‘rganishning ahamiyati katta.

Bugun, 6 yanvar kuni TIQXMMIga xuddi shunday maqsadda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlari tashrif buyurishdi. Institutda zamon talabiga muvofiq yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘quv xonalari, axborot resurs markazi va laboratoriyalarni ko‘zdan kechirishdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yaqindagina institutimizda «Tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda raqamli texnologiyalar klasteri» AKFA Group kompaniyasi homiyligida tashkil etilgan edi. Uning ilmiy-texnik jihozlanishi va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi masalasi albatta rektorlarning diqqat-e’tiborini tortmasdan qolmadi.

Ushbu klasterning maqsadi masofadan zondlashning zamonaviy usullari va geografik axborot tizimlardan foydalangan holda, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishini baholash bo‘yicha situatsion (vaziyatli) jarayonlarni kuzatish, nazorat qilish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirishdan iborat.

Institutda Yevropaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik doirasida ko‘pgina professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlarimiz o‘tgan 15 yil davomida ushbu qishloq va suv xo‘jaligi sohasida masofadan zondlash, geografik axborot tizimlardan foydalanish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlariga, ularni amaliyotda qo‘llashga erishdilar.

Jumladan, 2003 yildan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Niderlandiyaning Vaginengin universiteti bilan hamkorlikda Atrof-muhitni muhofaza qilish (Geoaxborot tizimlari) va Atrof-muhitni muhofaza qilish (xalqaro yer va suv resurslarini boshqarish) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yilgani e’tibolrga molik.

Umuman olganda, xorijiy universitetlar: Vaginengin universiteti (Niderlandiya), Bonn universiteti (Germaniya), Vaynshtefan universiteti (Germaniya) bilan 194 nafar magistrantlar, jumladan 92 nafari (Qishloq va suv xo‘jaligida) Atrof-muhit muhofazasi mutaxassisligi bo‘yicha magistr kadrlar qilib tayyorlandi. 

Hozirgi kunda magistratura bitiruvchilari O‘zbekiston, Gollandiya, Germaniya, Shvetsiya, Slovakiya, Yaponiya, Italiya va Avstriyaning yetakchi universitetlarida o‘z ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Ulardan O‘zbekistonda 5 nafari fan nomzodi, 20 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi.

Vaginengin universiteti va TIQXMMI olimlari birgalikda o‘simliklar indekslari asosida sho‘rlanish va tuproq degradatsiyasini baholashning yangi uslubiyatini ishlab chiqdilar. Dunyoda ilk marotaba Sirdaryo viloyati misolida tuproq sho‘rlanishini o‘simliklar kosmik termografiyasi usuli bilan baholashda qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring