Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turin politexnika universitetiga qabul kvotalari belgilandi

Turin politexnika universitetiga qabul kvotalari belgilandi

Foto: «UZ24.uz»

2018/2019-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to‘g‘risida hukumat qarori (VMQ–295, 18.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 400 kishi to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi:

— «Mashinasozlik texnologiyasi» — 200 kishi;

— «Sanoat-fuqarolik qurilishi va arxitektura» — 50 kishi;

— «Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi» — 100 kishi;

— «Aviakosmik injiniring» — 50 kishi.

Magistratura bosqichiga 25 kishi «Mexatronika» to‘lov kontrakt yo‘nalishiga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni qabul qilish va Turin politexnika universiteti bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabalarni o‘qitish, O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi va Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring