Talabaning o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitga sud hukmi o‘qildi
O‘tgan yilning 25 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti darvozasi yonida 18 yoshli talaba tengqurining musht tushirishidan keyin halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Ushbu hodisada 2003 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Abbos gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan mazkur yigitga hukm o‘qildi.
«O‘ldirish maqsadim yo‘q edi... Agar o‘sha yoqqa aralashib bormaganimda va janjalga aralashmaganimda, u bola meni so‘kmasdi, men esa uni urmasdim. Afsusdaman. Men 5 yoki 10 yilda ozodlikka chiqib, ota-onamning bag‘riga qaytib kelarman, lekin u bola endi qaytib kelmaydi», – dedi ayblanuvchi sud zalida.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan yigit 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter