TIQXMMIda mashinasoz-ixtirochilar tanlovi o‘tkazildi
![TIQXMMIda mashinasoz-ixtirochilar tanlovi o‘tkazildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_284977690.jpg)
Ilm-fanning ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liqligi taraqqiyotning asosiy mezoni. Buning uchun innovatsion ixtirolar va investitsion faoliyat muhim rol o‘ynaydi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozovning xabar berishicha, joriy yilning 27-avgust kuni «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamkorligida institutning konferensiyalar zalida «Eng yetuk mashinasozlar» viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/12/720__hkCrcahn4cjKMzUsAGbjHJ-lN6XBe4Zf.jpg)
Tadbir qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida buyurtmachi talablariga javob beradigan iqtidorli, qobiliyatli mutaxassislarni tanlash, ularni mahoratini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning yangi qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish jarayonlarida qatnashish, talabalarga ta’lim olish bilan bir vaqtda ishlash imkoniyatlarini yaratib berish maqsadida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter