«Mahalla – besh tashabbus beshigi» ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
Joriy yil 4-dekabr kuni «Mahalla – besh tashabbus beshigi» ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva ishtirok etdi.
Tanlovning tuman shaharlar bosqichida 1 035 ta, hududiy bosqichida esa 207 ta mahalla ishtirok etib, ularda 62 500 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Final bosqichida esa 14 ta hududdan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 14ta mahalla, 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
G‘oliblarni aniqlashda Respublika komissiyasi ishtirokchilar hujjatlarini ko‘rib chiqib, besh muhim tashabbus bo‘yicha qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanganligi, uning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazilganligi hamda targ‘ibot tashviqot ishlarining olib borilganligi va boshqa mezonlar asosida baholadi.
Yakuniy natijalar finalga kelgan mahallalarda besh muhim tashabbus borasida olib borilgan ishlarning ko‘rgazmali tarzda himoya qilinganidan keyin e’lon qilindi. Shuningdek, «Birinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla», «Ikkinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla», «Uchinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla», «To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla», «Beshinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla» hamda «Eng faol kitobxon oila» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
G‘olib mahallalar I, II, III darajali diplomlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter