Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi
Ayni damda AOKAda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Anjumanda internetda test savollarining tarqalib ketishi masalasi ko‘tarildi.
«Test sinovlariga telefon olib kirib, savollar kitobini tarqatib yuborilgan holatlar uchramoqda.
Savollar kitobini kim tarqatganini aniqlash qiyin emas. Biz test savollarini tarqatgan abituriyentlarni aniqlantiramiz va ularning to‘plangan ballari hisobga olinmaydi, test sinovlaridan chetlashtiriladi», — dedi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 2-sentyabr kuniyoq kimyo faniga oid testlar tarmoqda «aylangan» edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter