Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TDTU va Yaponiya universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

TDTU va Yaponiya universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekistonga Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining tashrifi davom etmoqda.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Nagoya davlat universiteti delegatsiyasi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ishtirok etdi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni Yaponiyaning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirishni tashkil etish, qo‘shma ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida o‘zbekistonlik iqtidorli talabalarni Nagoya universitetida bepul o‘qitish bo‘yicha Nagoya universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring