TATU: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida «Call-markaz» xonalari tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fuqarolar:
- 71 238-64-97
- 71 238-64-85
- 71 238-64-34
- 71 238-65-17
- 71 238-65-64 telefon raqamlari orqali «Call-markaz» bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
«Call-markaz» dushanbadan shanbagacha soat 08:30dan 18:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Ko‘proq ma’lumotni ushbu havola orqali rasmiy saytdan bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter