Ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilar oyligiga ta’sir qiladimi? Rasmiy izoh
Kuni kecha Xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til 24 yanvargacha cho‘zilganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, ayrim o‘qituvchi va ota-onalarda qator savollar paydo bo‘ldi.
Jumladan, qishki ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qilish yoki qilmasligi bo‘yicha savol berildi.
Xalq ta’limi vazirligi izohiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab boriladi, ya’ni oylik maoshga ta’sir qilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter