Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarmoqda milliy test tizimi savollari tarqalib ketgani aytilmoqda

Tarmoqda milliy test tizimi savollari tarqalib ketgani aytilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Ayrim fuqarolar test javoblarini o‘quvchilarga sotayotgani va yodlatayotgani aytilmoqda. Davlat test markazi mazkur holatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirish ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, test topshiriqlarining ayrimlari 11-may kuni o‘tkazilgan jarayonga tegishli bo‘lib, 9 iyun kuni o‘tkazilgan imtihonda mazkur test topshiriqlaridan foydalanilmagan.

Biologiya fani bo‘yicha keltirilgan test topshiriqlari haqiqatan ham 10-iyun kuni o‘tkazilgan test sinovlariga oid. Biroq u imtihon  o‘tkazib bo‘linganidan keyin test sinoviga kirgan shaxslar tomonidan yodlab chiqilgan savollar asosida juda ko‘plab xatolar bilan kompyuterda terilganligi, rasmli test topshiriqlarida rasmlarning keltirilmaganligi aniqlandi.

Bugungi kunda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va Davlat test markazi hamkorligida tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring