Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi

Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent davlat stomatologiya institutida rektorat stipendiyasi joriy etildi. Bu haqda OTM matbuot kotibi Shohinur Mirzayev xabar berdi. 

Institutda 31-yanvar kuni Rektor va yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazilgan. 

Stipendiya 2008-yil 13-oktyabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq  talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, munosib taqdirlash maqsadida  maqsadida  joriy qilindi.

Stipendiya egalarini institut ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruh aniqlaydi. Bundan tashqari o‘z ustida ishlaydigan ilmiy izlanuvchi pedagoglarning «Skopus»  tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 million so‘m gonorar joriy qilingani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring