Sirdaryoda xitoylik kelinga o‘qituvchilik qilishga ruxsat berildi
Sirdaryo viloyatiga kelin bo‘lib tushgan xitoylik fuqaro Li Ting Gulistondagi maktabda xitoy tilidan dars o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov ma’lum qildi.
Avvalroq xitoychadan dars berish tashabbusi bilan chiqqan bu fuqaroning turmush o‘rtog‘i Murodjon Kenjabayev viloyatda turli to‘siqlarga duch kelgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
«Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ishtirokida xitoylik kelinga maktabda xitoy tilidan dars o‘tish huquqini beruvchi o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib, imzolandi. Tashabbuskor fuqaro — rivojlanishning muhim omili. Yangi g‘oya va takliflarning qabul qilinishi ilg‘or va zaruriy g‘oyalarning tug‘ilishiga zamin yaratadi. Yaqin yillarda Guliston Xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zining maktabiga ega bo‘lishiga ishonamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter