«Shum bola» dunyodagi eng yaxshi bolalar adabiyoti «top-100»ga kirdi
G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari dunyodagi eng yaxshi bolalar adabiyotining top 100 taligiga kiritildi. Bu haqda «BBC Culture» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan butun dunyo bo‘ylab 177 nafar ekspert o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan. Ular barcha davrlardagi 100 ta eng yaxshi bolalar adabiyoti ro‘yxati tuzishgan.
Nashr tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatning yuqori o‘rinlardan Lyuis Kerrollning «Alisa mo‘’jizalar mamlakatida», Astrid Lindgrenning «Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson», Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kichik shahzoda» asarlari va boshqa adabiyotlar o‘rin egallagan.
E’tiborli jihati, o‘zbek adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari ham ushbu top 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter