Shavkat Mirziyoyevning Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga yozgan dastxati
Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga yozgan dastxatini ma’lum qildi.
«...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.
Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta’lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.
Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.
Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter