Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida misol qilib keltirgan davlat tajribasi o‘rganilmoqda

Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida misol qilib keltirgan davlat tajribasi o‘rganilmoqda

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, xalq ta’limi vazirligi va tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini o‘rganish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Finlyandiyaning ta’lim va madaniyat vazirligi rahbariyati bilan uchrashishdi.
Finlyandiya ta’lim va madaniyat vazirligi vakillari sohadagi davlat boshqaruvi tizimi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tomonlar fin ta’lim tajribasini o‘rganish yuzasidan hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.

2020 yilning 30 oktyabr kuni mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirishda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilanib, bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirilgandi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2020 yilning 6 noyabrdagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4884-sonli qarorda ham Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o‘rganib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Tashrif dasturidan Finlyandiyaning qabul imtihonlari byurosi faoliyatini o‘rganish, maktab darsliklari bilan tanishish hamda kitoblarni chop etuvchi nashrlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, 3-11 yoshdagi bolalarning aniq fanlar bo‘yicha imtihonlarini kuzatish kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring