Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistondagi OTM filiallari bilan tanishmoqda
![Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistondagi OTM filiallari bilan tanishmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/9/7/720_460_95_973999548.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining hamraisi M.Borovskaya joriy yil 9-sentyabr kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya bugun, 9-sentyabr kuni «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolarining Toshkent viloyatida joylashganToshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialiga tashrifi rejalashtirilgan.
Ertaga, 10-sentyabr kuni Oliy va o‘rta masxus ta’lim vaziri I.Madjidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter