«Qorovulxonaga tushdingiz». OTMlarda qabul jarayonining borishi tanqid qilindi
Bugun, 4-iyul kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov rahbarligida OTMlarda qabul jarayonlarining borishi masalalariga bag‘ishlab videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda OTMlar rektorlari va filiallar direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, qabul bo‘yicha mas’ul kotiblar, magistraturaga qabul bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Dastlab oxirgi paytda OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik e’tiboriga yetkazilgan OTMlar (NamDU, SamDAQI, BuxMTI, Nukus DPI, SamDU, TDO‘TAU, O‘zDJTSU) xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar tanqidiy muhokama qilindi.
Bu masalada rektorlar, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-axloqiy muhit uchun mas’ul bo‘lgan prorektorlar faoliyatiga salbiy baho berildi.
Xodimni ishga qabul qilishda uning avvalgi faoliyati, shaxsiy individual-psixologik xususiyatlari yetarli darajada o‘rganilmaganligi shunday holatlarni keltirib chiqarayotgan asosiy omillardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Bunday xodimning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, yillar davomida assistent, katta o‘qituvchi lavozimida ishlashining o‘zi kishini o‘ylantirish kerak: uning maqsadi nima, ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqati bormi degan savollarga har bir rahbar javob izlashi zarur.
Shuningdek, yana bir aholi tomonidan noroziliklar keltirib chiqarayotgan muammoli masala – call-markazlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Bugun (4 iyul kuni) soat 9:00 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqtda vazirlik xodimlari tomonidan OTMlarda tashkil etilgan Call-markazlariga o‘rganish uchun qo‘ng‘iroq qilinganda AnDU, TDShU, ToshDO‘TAU, O‘zXIA, O‘zXA, MRDI, TKTI Yangiyer filiali, TDIU, TATU Samarqand filiali, SamVMI Toshkent filiali, BuxTIda qo‘ng‘iroqlarga javob berilmagan bo‘lsa, Qoraqalpoq tibbiyot instituti xodimlari «Qorovulxonaga tushdingiz» deb javob bergan.
Call-markazga tajribali va mas’uliyatli xodimlar biriktirish belgilangan. Ammo berilgan savollarga ba’zi oliy ta’lim muassasalaridan to‘liq javob olinmadi va ayrim OTMlarda berilgan oddiy savollarga ham javob berish o‘rniga sansalorlikka yo‘l qo‘yilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yoki Davlat test markaziga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat berish bilan cheklanmoqda.
Bunday holatlar TDPU, O‘zMU, TMI, SamDTI, TAQI, NukDPI, ToshDSI, SamDU, SamDChTI, SamISI, O‘zJOKU, ToshDTU Olmaliq filiali, NavDKI Nukus filialarida kuzatildi.
Zarurat bo‘lsa, faoliyati talab darajasida tashkil qilinmayotgan sall-markazlarga o‘quv ishlari prorektorlarini, mas’ul kotiblarni doimiy biriktirib qo‘yish topshirilgan.
Tegishli OTMlari rahbarlari oxirgi marta ogohlantirilib, jamoatchilik e’tirozlarini keltirib chiqaryotgan omillar sabablarini aniqlash va yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Sall-markazlar faoliyatini bunday «sirli qo‘ng‘iroq» usulida o‘rganish va baho berish ishlari uzluksiz amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter