Qanday hollarda xorijdan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi?
Qanday hollarda chet eldan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi? Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu holatlarni keltirib o‘tdi.
- davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;
- masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;
- xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi pochta manziliga yo‘llanmasa, talabaning o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidagi hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmasa.
Shu bilan birga, xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga taklif etayotgan norasmiy firmalar, fuqarolar va boshqa shu kabi firibgarlarga ishonib qolmaslik tavsiya etiladi. Zero, shu toifadagi shaxslar talabalikka qabul qilish yoki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter