Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzodxon Qudratxo‘ja: «Pulni ayamasligimiz kerak»

Sherzodxon Qudratxo‘ja: «Pulni ayamasligimiz kerak»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 26-feral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, dekanlari xalqaro ekspertlar, turli vazirliklardan vakillar qatnashdi.

Forumda oliy o‘quv yurtlarida akkerditatsiya, litsenzilash va kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha universitetlar o‘rtasida tajriba almashinildi, xalqaro ekspertlarning bu boradagi ma’ruzalari tinglandi.

— Kredit-modul tizimi talabalarni o‘z ustida tinmay ishlashga majbur qiladi, — dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov forum ochilish marosimida. — Mana shu tizim universitetimizni yurtimizdagi xalqaro universitetlar ichida birinchi bo‘lib milliy akkreditatsiyadan o‘tishiga yordam berdi, deb ayta olaman. Kredit-modul tizimi talabalarning kelajakda borib ishlashlari mumkin bo‘lgan kompaniyalar talablarini hisobga olgan holda bilim olishlarni taqozo etadi. Bir tomondan ularga aniq yo‘nalishlarda tanlov fanlarni olish imkoniyati berilsa, boshqa tomondan ularning bo‘lajak ish beruvchilari bilan talabalik paytlaridayoq aloqa o‘rnatilishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu nuqtai nazardan universitet mamlakatimizdagi va xorijdagi yetakchi kompaniyalar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu formatdagi forumlarni har chorakda o‘tkazib turilsa, foydadan xoli bo‘lmasdi.

— Yangi ochilgan universitetlarda bu masalalar oson yechimini topadi, deb hisoblashadi, — dedi forumda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar  universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja. —  Bugun rektor emas, jurnalist sifatida gapirsam. Ota-onalar xususiy bog‘cha, maktablarda katta mablag‘lar hisobiga bolalarni o‘qitishadi. Universitetlardagi kontrakt to‘lovlarini esa qimmat, deyishadi. Oliy ta’lim muassasalarida professor, akademiklar dars o‘tishini hisobga olishmaydi. Ta’limdan pulni ayamasligimiz kerak. Ta’limga tikilgan investitsiyaning ahamiyatini pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Forum doirasida xalqaro universitetlar rektorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, dekanlari, IT-bo‘limlari  rahbarlari, mutaxassislari ishtirokida «Kredit-modul tizimi» va «Oliy ta’limni raqamlashtirish» mavzuilarida alohida-alohida davra suhbatlari tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring