Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul evaziga o‘qishga formasiz kelish mumkinligi haqidagi xabarlar inkor etildi

Pul evaziga o‘qishga formasiz kelish mumkinligi haqidagi xabarlar inkor etildi

Foto: XTV

Ijtimoiy tarmoqlarda «Mening Yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» dasturida namoyish etilgan «Endi ta’lim muassasasiga o‘quvchilar maktab formasida kelishi shart emas. Buning uchun 2,23 mln. so‘m to‘lanishi kifoya» mazmunidagi lavha tarqatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabarlar noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.

«Vazirlikning bunday «tashabbus» haqida xabari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur Nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan.

Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yili boshida ushbu talablar bilan tanishtirilib, o‘quv yili davomida o‘z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta’lim maktablariga kelishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi», — deyiladi Xalq ta’limi vazirligi munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring