Prezident yangi farmonni imzoladi. Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqishga finlyandiyalik mutaxassislar jalb etiladi
Prezident Farmoniga (PF–6108-son, 06.11.2020-y.) muvofiq, 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturi (Dastur) ishlab chiqiladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Tayanch umumta’lim muassasalari belgilanadi va 2021/2022 o‘quv yilida ularning ta’lim jarayoniga Dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.
2021-yil 1-martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlari xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter