Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktablariga qabul e’lon qilindi

Prezident maktablariga qabul e’lon qilindi

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022-2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo‘lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o‘quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o‘quv yilida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

- aniq fanlar yo‘nalishiga 5-11-sinflarga
- tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring