Prezident maktablari va IELTS imtihon jarayonlari. Solishtirma tahlil
«Cambridge Assessment» ingliz tilidagi IELTS testlarini o‘tkazuvchi va ularni tekshiruvchi uchta tashkilotdan biri hisoblanadi (Cambridge Assessment British Council, IDP IELTS Australia). «Cambridge Assessment» sinovlari butun dunyodagi 20 000 dan ortiq universitetlar, ish beruvchilar va davlat idoralari tomonidan tan olingan. «Cambridge» imtihonlari «Sony», «Bayer», «American Express» kabi kompaniyalar va dunyoning ko‘plab universitetlari tomonidan e’tirof etiladi.
№ |
Jarayon nomi |
IELTS |
Prezident maktablari |
|
Mas’ul nazoratchi tashkilot |
Cambridge Assessment va British Council |
Cambridge Assessment |
|
Testlar yozma shaklda o‘tkazilishi |
|
|
|
Javoblar varaqalari Buyuk Britaniyada tekshirilishi |
|
|
|
Javob varaqalari kompyuter orqali skaner qilinishi |
|
|
|
Qalam ishlatilishi |
|
|
|
Kech qolganlar, imtihonga kiritilmasligi |
|
|
|
Test natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligi |
|
|
|
Bir o‘quvchining testdan o‘tishi uchun to‘lov miqdori |
1,35 mln. so‘m (157,5$)* |
bepul |
|
27 500 nafar talabgor uchun saralash test imtihonlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar |
37,2 mlrd. so‘m (4,33 mln. AQSh doll.) |
bepul |
|
11 520 nafar talabgor uchun yakuniy test imtihonlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar |
15,6 mlrd. so‘m (1,8 mln. AQSh doll.) |
bepul |
|
Jami 2 bosqich imtihonlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar |
52,8 mlrd. so‘m (6,13 mln. AQSh doll.) |
bepul |
* MB valyutalar kurslari: 09.07.2019
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, «Cambridge Assessment» tashkiloti dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida xalqaro darajadagi imtihonlarni o‘tkazishda 100 yildan oshiq tajribasi va obro‘siga asoslangan holda Prezident maktablarining kirish imtihonlari uchun mas’ul nazoratchi tashkilot sifatida tanlangan. IELTS va Prezident maktablari sinov imtihonlari faqat Buyuk Britaniyada «Cambridge Assessment» tomonidan tekshiriladi.
Prezident maktablari va IELTS imtihonlari yozma ravishda o‘tkaziladi (qog‘oz shaklida). «Cambridge Assessment»ning barcha testlari kompyuter orqali skaner qilinadi.
«Cambridge Assessment» talablariga muvofiq talabgorlar javob varaqalarini to‘ldirish uchun qalamdan foydalanishlari lozim. Qalamdan foydalanishning asosiy sababi — bu imtihon topshirayotgan maktab o‘quvchilari qilgan xatolarini to‘g‘rilash imkoniyatini berish hamda adashib xato to‘ldirilgan javoblar skaner tomonidan noto‘g‘ri javob sifatida qabul qilinishini oldini olish maqsadida mazkur xalqaro standart tatbiq etilgan.
Ikkala testning qoidalariga ko‘ra, kech qolgan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, «Cambridge Assessment» test natijalarini qayta ko‘rib chiqmaydi, chunki javob shakli kompyuter orqali skaner qilinadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarida talabgorlarning ishtirok etishidagi asosiy afzalliklaridan biri, imtihon topshirish uchun hujjat topshirgan talabgorning moliyaviy va ijtimoiy maqomidan qat’iy nazar, bepul imtihon topshiradi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini yuritish va tekshirish uchun barcha sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tomonidan belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter