Prezident maktablari imtihonlari tugadi
22-24-iyul davomida o‘tkazilgan Prezident maktablari imtihonlari yakunilariga ko‘ra, umumiy 11 473 o‘quvchidan 11 426 (99,6%) o‘quvchi qatnashgan, 47 (0,4%) nafari kelmagan.
Yakuniy bosqich imtihonlari jarayonida hech kim imtihondan chetlashtirilmagan va ko‘ngilsiz voqealar kuzatilmagan.
Prezident maktablarida o‘qish uchun 11 473 talabgordan 576 (5%) talabgorlar yo‘llanma olishadi.
Yakuniy bosqich imtihonlari natijalari Cambridge Assessment tomonidan ularning rasmiy veb-saytida 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter