Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktab darsliklari ijarasi bo‘yicha muhim topshiriq berdi

Prezident maktab darsliklari ijarasi bo‘yicha muhim topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari keskin oshgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring