Prezident «Kobalt» sovg‘a qilgan talaba Xalq ta’limi vazirligiga ishga olindi
O‘zbekiston Milliy universiteti, matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq ta’limi vazirligida yangi tashkil etilayotgan Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida ish boshladi. Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda S.Bozorboyev o‘z tajribasi, shuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada bo‘lib o‘tgan tanlovlarda munosib ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tgan edi.
Yurtboshimiz Sardor Bozorboyevni Xalq ta’limi vazirligiga ishga olish bo‘yicha taklif berdi.
Xalq ta’limi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida o‘z faoliyatini boshladi. Sardor Bozorboyev o‘z tajribasidan foydalanib, yoshlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter