Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zDJTU qoshida fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

O‘zDJTU qoshida fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

Foto: «fledu.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Halq ta’limi vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligida «Fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab» davlat umumta’lim maktabini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflariga asosan, yangi maktab faoliyat boshlaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rasmiy «Telegram» kanalida xabar berilgan.

Qaror loyihasida 2019/2020 o‘quv yilida maktabning 7-8-9-10 sinflariga 40 nafardan o‘quvchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan fransuz tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinishi belgilangan.

Maktab bitiruvchilari davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatni oladi.

Hujjatga ko‘ra, maktabni yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan va Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon natijalariga muvofiq beriladigan fransuz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalarining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlariga (fransuz tili bo‘yicha) kirish imtihonlarisiz, kvotadan tashqari grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring