Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekistonda AQSh diplomiga ega bo‘lish mumkin

Endi O‘zbekistonda AQSh diplomiga ega bo‘lish mumkin

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda TESL — «Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish» akademik dasturi bo‘yicha bir yillik magistratura yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyidagi AQShga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshirilib, AQShning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim loyihasidir.

Ilk marotaba yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi dasturda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan hujjat topshirgan talabgorlar orasidan 125 nafari tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi.

Bir yillik magistraturada ta’lim to‘liq Vebster universiteti o‘quv dasturlari asosida amalga oshirilib, mashg‘ulotlar Vebster universitetining malakali mutaxassislari hamda O‘zDJTUning maxsus tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Vebster universitetining magistrlik diplomi beriladi.

Ma’lumot uchun, 2018 yil iyul oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vebster universiteti o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan keyingi yildan Vebster universiteti O‘zbekistonda to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadi.

2019 yil yanvar oyidan boshlab mazkur universitet bilan hamkorlikda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetti, Toshkent axborot  texnologiyalari universitetida MBA dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring