O‘zbekistonliklarga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar ajratiladi
Hukumatning «O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (18.01.2021-y, 26-son) qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistratura va doktoranturasida O‘zbekiston vakillarining o‘qishini tashkil etish bo‘yicha har yili almashinuv notalari va grant bitimlar imzolanadi.
Shuningdek, Yaponiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar ajratiladi.
Yaponiya hukumatining 291 mln Yaponiya iyenasi (2,6 mln. AQSh dollariga ekvivalentda) miqdoridagi granti 2021-2022-yillarda foydalanish uchun taqdim etiladi.
O‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish va loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish:
- O‘zbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi;
- Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiatlarning o‘qishi va o‘qishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter