Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida qatnashadi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida qatnashadi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi joriy yil 21-29 may kunlari Mongoliyada o‘tkaziladigan Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi.

Ushbu olimpiadada  eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasiga  Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

  • Sultonov Javohir Xurshidovich - Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
  • G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon o‘g‘li - Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
  • Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi - Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
  • hBoymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li - Toshkent sh, Yunusobod tumani  M.Ulug‘bek mak.  11-sinf o‘quvchisi;
  • Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li - Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf o‘quvchisi;
  • Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li - Buxoro viloyati, Vobkent tumani,  Ixtisoslashtirilgan maktab,  11-sinf o‘quvchisi;
  • Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li - Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI  11-sinf o‘quvchisi;
  • Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li - Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;

Kecha tunda terma jamoamiz xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun Mongoliyaga jo‘nab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring