O‘zbekistonlik fan arbobi kirish imtihonlarini MXX emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nazorat qilishi kerakligini aytdi
![O‘zbekistonlik fan arbobi kirish imtihonlarini MXX emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nazorat qilishi kerakligini aytdi](https://static.xabaruz.com/crop/9/0/720_460_95_901030893.jpg)
O‘zbekiston milliy axborot agentligi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori,iqtisod fanlari doktori Murod Muhammedovning fikrlarini e’lon qildi. Professorning aytishicha, ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini Milliy xavfsizlik xizmati nazorat qilmasligi lozim.
«Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning eng asosiy muammosi – kadrlar tayyorlash, ularning bilimi, malakasi, ta’lim sifati. Nazarimda, O‘zbekistonda ta’lim sifati bugungi kun talablariga, milliy iqtisodiyot ehtiyojlariga, eng achinarlisi, yoshlarimizning salohiyat darajasiga tamoman mos kelmaydi», — deydi Murod Muhammedov.
Kirish test imtihonlari milliy xavfsizlik xizmati vakillarining bevosita ishtirokida va qattiq nazorati ostida o‘tkaziladi. Shunga qaramasdan oliy o‘quv yurtiga faqat bilimi bor yoshlarni saralab olish muammosi hal bo‘lmayapti.
Ko‘p yillik tajriba shundan dalolat beradiki, shunday nufuzli tashkilotning test sinovlariga jalb etilishi oliy o‘quv yurtlariga eng qobiliyatli, bilimdon yoshlarni saralab olish muammolarini uzil-kesil hal etib bera olmayapti. Bu holatning asosiy sababi shundaki, ushbu tashkilot ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat oldida hech qanday hisobot bermaydi, uning asosiy javobgarligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida. Modomiki, ta’lim sifatining javobgarligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zimmasida ekan, demak talabalikka saralab olish jarayonini o‘zi qat’iy nazorat ostiga olishi zarur.
Murod Muhammedov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter